Qashqadaryoda darsga kechikkan o‘quvchilar yomg‘ir ostida turishga majburlandi
3-sahifa
−
03 dekabr
11252Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida darsga kechikkan maktab o‘quvchilari yomg‘ir ostida turishga majbur qilingani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, hodisa Chiroqchi tumanidagi 96-maktabda sodir bo‘lgan. Videoda taxminan 20 nafar o‘quvchi bir qator bo‘lib, yomg‘ir ostida turganini ko‘rish mumkin. Maktab ma’muriyati esa mazkur holatni tasvirga olgan.
Boshqarma o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
“O‘rganishlar yakuni yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida Qo‘shrabot tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida asli Ishtixon tumanidan bo‘lgan fuqarolar bo‘g‘ma ilon bilan sirk tomoshasi namoyish etgandi. Shundan so‘ng, sirk xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda saqlangan yo‘lbars pitoni mutaxassislar ishtirokida hujjatlashtirilib, viloyat Ekologiya boshqarmasiga tegishli tartibda topshirilgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr