Qashqadaryoda choyxona yonib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yangi qurib bitkazilayotgan choyxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 13 avgust kuni soat 21:22 larda Ko‘kdala tumani FVB dispetcherlik xizmatiga tuman hududidagi “Xo‘jaobod” MFY hududida joylashgan yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, soat taxminan 21:25 larda voqea joyiga yetib borgan va soat taxminan 22:30 larda to‘liq o‘chirilgan.

Yuzaga kelgan yong‘in tufayli tadbirkor S.T.ga qarashli choyxona binosining 260 metr kvadrat maydoni – ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgust kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan omborxonada katta yong‘in chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made