Qashqadaryoda blogerlar qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda 3 ta bloger tovlamachilikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat sudlarining rasmiy kanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan Sh. P. (erkak, 1977 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Inson huquqlari” mustaqil tashkiloti a’zosi, “Himoyachi blogerlar” MCHJ rahbari, muqaddam sudlangan), N. K. (ayol, 1980 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlangan) va D. X. (ayol, 1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Koson tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, muqaddam sudlangan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.

“Sudning 2024 yil 28 fevraldagi ajrimi bilan Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvchi Sh. P., N. K. va D. X.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo bloger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing