Qashqadaryoda zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
19 aprel
11636Bugun, 19 aprel kuni mahalliy vaqt bilan 05:15 da Qashqadaryo viloyatida 3 magnitudali zilzila bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,76 gradus shimoliy kenglik; 65,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 448 km janubiy-g‘arbda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezilgandi.