Farg‘onalik bloger organ xodimlari ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onalik bloger Farrux Abdullayevning IIO xodimlarining bosimidan norozi bo‘lib, qilgan murojaati tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Farrux Abdullayev Bosh prokuraturaga murojaat qilib, organ xodimlari tomonidan o‘ziga nisbatan turli xil bosimlar bo‘layotganini aytgan.

"Farg‘ona viloyati ichki ishlar xodimlari tomonidan menga nisbatan turli xil bosimlar (bo‘layotgani), mol-mulkimning noqonuniy tortib olinishi, kiyimlarimning yirtilishi, hattoki tan jarohati yetkazishgacha borishganidan to‘yib ketdim. Arizalarimga javob bermay, huquqlarimni poymol qilishmoqda", deb yozgan u o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Mazkur holatga munosabat bildirgan Farg‘ona viloyati IIB “ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat va unda keltirilgan holatlar nazoratga olingan”ini bildirgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

bloger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing