Qashqadaryoda fuqaro bir guruh shaxslar tomonidan “samosud” qilindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda fuqaroni bir guruh shaxslar kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.

Kecha, 21 aprel kuni taxminan soat 16:00 larda Qarshi shahrida yashovchi T.A. tanishlari bilan bir guruhga birlashib, o‘zaro kelishmovchilik oqibatida fuqaro X.D.ni Matizʼga mindirib, shaharning chekka hududiga olib borib, kaltaklagan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qizlar sinfdoshini kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Qashqadaryo samosud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing