Qashqadaryoda beshta xorijiy davlatning 100 dan ortiq fuqarosi koronavirusga chalingan
Jamiyat
−
14 Iyul 2020 15005 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 397 nafarga yetdi. Viloyatda besh davlatning 103 nafar fuqarosi ham koronavirusdan davolanyapti.
Viloyatda koronavirusga chalinganlar olti davlat fuqarolari. Jumladan:
• O‘zbekiston – 294 nafar;
• Qozog‘iston – 94 nafar;
• Turkiya – 6 nafar;
• Hindiston – 1 nafar;
• Ukraina – 1 nafar;
• Tailand – 1 nafar fuqarosi bor.
Viloyatda jami bemorlarning 173 nafari sog‘aygan va 2 nafari vafot etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 872 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 8030 nafari sog‘aygan va 64 nafari vafot etgan.
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr