Qashqadaryoda ayolning behayo rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan “kuyov bola” aniqlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda 21 yoshli ayolning turli fotosuratlari va behayo tasvirlari bo‘lgan videolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.

Qarshi tumanida 21 yoshli fuqaro A.Q. ariza bilan murojaat qilib, Telegram'da “Farrux-96” nomli profil egasi uning turli fotosuratlari va behayo tasvirlari bo‘lgan videolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. U tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni viloyatning G‘uzor tumanida yashovchi 22 yoshli (ayol) G.B. sodir etgani ma’lum bo‘lgan. 

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan G.B. fuqaro A.Q. bilan Telegramʼda “Farrux-96” profili orqali o‘zini Farrux deb tanishtirib, A.Q.ni yaxshi ko‘rib qolganini, unga uylanish maqsadi borligini aytgan. “Farrux” A.Q.ning ishonchiga kirish orqali uning turli fotosuratlari va behayo videolarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. 

Shuningdek, u tarqatmaslik evaziga 21 yoshli ayolning turli bank kartalaridan jami 14 million 300 ming so‘m miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va o‘zining ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzax viloyati Jizzax shahrida sevgan qizining yalang‘och holdagi foto va video tasvirlarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, undan 800 dollar talab qilgan 19 yoshli yigit ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Kiberxavfsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing