Qashqadaryoda 4 yoshli bog‘cha bolasini poyezd urib ketgani aytilmoqda
3-sahifa
−
12 Sentabr 2022 24062 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 4 yoshli bola “Afrosiyob” tezyurar poyezdi yo‘liga chiqqanligi oqibatida poyezd uni urib yuborgani aks etgan videolavha tarqalmoqda.
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi holatga munosabat bildirib, surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi XTB munosabatida.
Avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 4 yoshli bog‘cha bolasi daryoga cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr