Qashqadaryoda 20 yoshli yigit voyaga yetmagan qizlar bilan er-xotin bo‘lib yashab kelgani uchun sudlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda 2004 va 2006 yillarda tug‘ilgan qizlar bilan er-xotin bo‘lib yashab kelgan 20 yoshli yigit sudlandi. Unga nisbatan shu yilning 26 aprel kuni hukm e’lon qilinib, unga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy Sud Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi.

Sudlanuvchi A.T. 2004 yil 18 dekabrda Qarshi shahrida tug‘ilgan voyaga yetmagan G‘.G. bilan o‘n olti yoshga to‘lmaganini bilgan holda 2019 yil dekabr oyidan shu kunga qadar er-xotin bo‘lib yashab, u bilan muttasil ravishda jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi jinoiy harakatini takroran davom ettirib, 2006 yil 5 dekabrda Qarshi shahrida tug‘ilgan voyaga yetmagan E.E.ning o‘n olti yoshga to‘lmaganini bilgan holda 2022 yil avgust oyining boshidan 2022 yilning 14 dekabr kuniga qadar er-xotin bo‘lib yashab, muttasil ravishda jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.

Shuningdek, A.T. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, o‘zining yashash uyida ikki nafar xotini bilan 2022 yil avgust oyining oxiridan, 2022 yil 14 dekabr kuniga qadar umumiy ro‘zg‘or asosida, er-xotin bo‘lib yashab kelgan.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi sudda aybiga to‘liq pushaymonlik bildirib, ikkala oilasi bilan ularning roziligi asosida yashaganini, qonuniy yengillik berishni so‘ragan.

Jabrlanuvchi hisoblangan G.G. turmush o‘rtog‘iga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirib, qonuniy yengillik berishni so‘ragan. Shuningdek, jabrlanuvchi E.E. ham sudda A.To‘ychiyev turmush o‘rtog‘i ekanini, uning boshqa oilasi xam bo‘lgani, birga bir oilada yashaganlarini bildirib o‘tgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 126-moddasi va 128-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing