Qashqadaryoda 20 yoshli yigit o‘zidan besh yosh katta fuqaroni pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
31 may 2023
6939Joriy yilning 29 may kuni Qashqadaryoda 20 yoshli erkak o‘zidan besh yosh katta shaxsni pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 29 may kuni Qashqadaryo viloyati Kitob shahridagi “Sport majmuasi” oldida soat 10:00 da 20 hamda 25 yoshli erkak o‘rtasida tortishuv sodir bo‘lgan. Janjal oqibatida 25 yoshli erkak pichoq bilan jarohatlangani tufayli vafot etgan.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati Kogon tumanida futbol o‘yinida kelib chiqqan janjal oqibatida 21 yoshli yigit 27 yoshli tanishini do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ygandi.
Nurmuhammad Fayzullayev