Buxoroda futbol o‘yini vaqtida 21 yoshli yigit tanishini o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
31 may 2023
11913Buxoro viloyati Kogon tumanida futbol o‘yinida kelib chiqqan janjal oqibati o‘lim bilan yakunlandi. 21 yoshli yigit 27 yoshli tanishining yuziga urib, duch kelgan joyiga tepib jarohat yetkazgan va kaltaklangan shaxs voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 29 may kuni soat 22:30 larda Kogon tumani “Sorg‘un” mahallasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan A.L. ismli shaxs tumanning “Kulolon” qishlog‘ida joylashgan mini-futbol maydonchasida o‘zaro o‘yin vaqtida mahalladoshi, 1996 yilda tug‘ilgan H.O. ismli tanishi bilan janjallashgan. Shu vaqtda A.L. tanishining yuz sohasi va tanasining duch kelgan joyiga urib, tepib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Jabrlangan fuqaro H.O. olingan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan A.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.