Qashqadaryoda 2,5 yashar qizaloq xususiy bog‘chada vafot etdi
3-sahifa
−
26 iyun 11981 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bildirilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhuma qizning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
“Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Marhumaning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, deb yozdi Shamsutdinov.
Ma’lumot uchun, hodisa 2025 yil 20 iyun kuni xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. 2,5 yoshli qizaloqning tobi bo‘lmay qolgani haqida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor X.O‘.ga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining e’tiborsizligi tufayli 2023 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. elektr toki urishidan vafot etgandi.
Live
Barchasi