Qashqadaryoda 19 kishi bilan harakatlangan Damas haydovchisi jazolandi (video)
3-sahifa
−
03 Sentabr 2022
12778Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani hududida yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilgan Damas avtomashinasida haydovchi 19 ta yo‘lovchi bilan ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloya IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
“Barcha haydovchilardan odam tashish qoidalariga amal qilishlarini, yo‘lovchilar o‘z salomatliklari uchun haydovchining qoidabuzarligiga ko‘z yummasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Samarqandda haydovchi Damas rusumli avtomobilda 18 nafar yo‘lovchi bilan harakatlangani aniqlangandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar