Qashqadaryoda 18 yoshli qiz joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 18 yoshli qiz pichoqlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli fuqaro M.D. o‘z joniga qasd qilgan. 

“U oshxona pichog‘ini o‘zining qorin bo‘shlig‘iga bir marotaba sanchib olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining “Jonlantirish” bo‘limiga yotqizilgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo G'uzor

Baholaganlar

807

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing