Qashqadaryoda 18 yashar qiz o‘zini osib qo‘ygani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo‘rayeva o‘z joniga qasd qilganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.

Unda bildirilishicha, joriy yilning 9 may kuni Koson tumani, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan 18 yoshli M.Jo‘rayeva o‘zini osib, vafot etgan.

Tekshirish davomida, marhuma M.Jurayevaning turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida doimiy ravishda urish-janjal bo‘lib kelganligi, turmush o‘rtog‘i uni haqorat qilib urib tan jarohati yetkazib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 8 iyun kuni Koson tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

2273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing