Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
02 aprel 2022
16544Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 17 yoshli o‘quvchi o‘z o‘zini osib qo‘ydi. Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilayotganini bildirdi.
“O‘rganishlar yakuni yuzasidan mas’ullar tomonidan batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
Avvalroq Samarqand davlat universitetining talabasi yotoqxonaning 9-qavatidan tushib ketgani haqida xabar bergan edik. Keyinroq qizning o‘limi yuzasidan o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
LiveBarchasi