Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
03 aprel
8452Joriy yilning 31 mart kuni Qashqadaryoda 2008 yilda tug‘ilgan bola o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qarshi shahar “Qavali” MFYda yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan R.F. yashash uyining oshxonasida gaz trubasiga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib qo‘ygan. Oqibatda u vafot etgan.
Voyaga yetmagan R.F.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Sud tibbiy ekspertizasining birlamchi ma’lumotnomasida, R.F.ning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining sirtmoq bilan qisilishidan keyingi mexanik asfiksiya oqibatida kelib chiqqani, bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egat shilinmasidan tashqari boshqa jarohatlari mavjud emasligi aniqlangani ko‘rsatilgan.
Ish holati bo‘yicha so‘ralgan tushuntirish xatida Z.N. 31 mart kuni o‘g‘li R.F. hech bir sababsiz o‘z joniga qasd qilganini, o‘g‘liga hech kim jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazmaganini, uning o‘limida biror bir shaxsga nisbatan da’vo va e’tirozi yo‘qligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, 27 mart kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini ko‘p qavatli binoning 5-qavatidan tashlab vafot etgandi.