Qashqadaryoda 13 yoshli qiz onasi tarafidan bosimga uchrayotgani aytilmoqda (video)

3-sahifa

image

QALAMPIR.UZ'ga Qashqadaryoda 13 yoshli qiz onasi tomonidan bosimga uchrayotgani haqida murojaat kelib tushdi. Voqea yuzasidan QALAMPIR.UZ Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi. 

Uning ma’lum qilishicha, ayni damda ariza qabul qilingan va Bolalar ombudsmani holatni o‘rganishni boshlagan.

Qizning otasi yo‘llagan murojaatga ko‘ra, joriy yilning 13 dekabr kuni uning sobiq turmush o‘rtog‘i sud qarori chiqmasdan turib, qiz onasi bilan yashashni istamasligiga qaramay uni o‘g‘irlab ketgan va qarshilik qilgani uchun kaltaklab, o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

“Ekspertiza xulosasi mavjud, qizim tan jarohatlari bilan topildi”, degan murojaatchi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing