Qashqadaryoda 11-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
10 Sentabr 2022
18416Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi matbuot kotibininig QALAMPIR.UZ'a ma’lum qilishcha, o‘quvchi voqea natijasida vafot etgan.
O‘quvchi joniga qasd qilgani bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat Nishon tumani Prokuraturasi mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi ham vaziyatga munosabat bildirib, idora mas’ul xodimlari yuzaga kelgan holatdagi jarayon sabablari yuzasidan o‘rganish ishlarini atroflicha o‘rganayotganini ma’lum qildi.