Qashqadaryoda 1,1 mlrd so‘mlik gaz kondensati o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida 568,5 tonna gaz kondensati yoqilg‘isi o‘g‘irlangani aniqlandi.  Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, 25 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda besh nafar fuqaro o‘zaro jinoiy guruh tashkil etib, Nishon tumani “Shirinobod” mahallasi hududidan kesib o‘tuvchi "Epsilon Development company" MCHJ shaklidagi xorijiy korxonaga tegishli gaz kondensati quvurini teshib, jo‘mrak o‘rnatishi orqali 17,4 mln so‘mlik 8,9 tonna kondensat yoqilg‘isini o‘g‘irlagan vaqtda ushlangan.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur jinoiy guruh tomonidan jami 1,1 mlrd so‘mlik 568,5 tonna gaz kondensati yoqilg‘isi talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 5 nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo gaz kondensati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing