Qashqadaryoda “Hokim kubogi” musobaqasida janjal chiqarganlar qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida “Hokim kubogi” futbol musobaqasida janjal yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, janjalga aloqador shaxslar javobgarlikka tortildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13 avgust kuni Ko‘kdala tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida tuman hokimi kubogi uchun “Ko‘kdala” va “So‘liq” mahallalari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilgan.

O‘yin davomida tumanning “Qushali” mahallasida yashovchi yon hakamning “So‘liq” mahallasi darvozasiga “Ko‘kdala” mahallasi futbolchisi tepgan to‘pni gol deb hisoblashi natijasida nizo kelib chiqqan. Oqibatda stadionda janjal yuzaga kelgan.

Janjalda jamoat tartibini buzgan shaxslarga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudiga yuborilgan.

Holat sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilib, "Ko‘kdala" mahallasi futbolchilarining ikki nafariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 15 sutka, yon hakamga esa BHMning 5 barobari (1,5 million so‘m) miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda 2 ta qishloq aholisi kavrak qazib olish ustida janjallashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Ko'kdala

Baholaganlar

490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing