Qashqadaryoda haydovchiga qo‘pollik qilgan YPX inspektorlari ishdan olindi

Jamiyat

image

Ijtimoy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari va haydovchi o‘rtasidagi bahsli holat aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB ushbu holat bo‘yicha surishitruv o‘tkazib, rasmiy axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 26 fevral kuni Jeyda qishlog‘ida xizmat qilayotgan 4 nafar YPX inspektorlari (katta serjant G‘olib Egamnazarov, katta serjant O‘ktam Eshonqulov, YPX inspektorlari safdor Mahmud Jonuzoqov, safdor Elyor Bo‘ritoshev) haydovchisi spirtli ichimlik ichgan Lacetti rusumli avtomashinani to‘xtatmoqchi bo‘lgan.

Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi to‘xtab, nima sababdan yoritilmagan joyda yorug‘lik qaytaruvchi nimcha kiymasdan xizmat olib borayotganligi bo‘yicha e’tiroz bildirgan, shunda katta serjant O‘ktam Eshonqulov ushbu haydovchini oldiga borib spirtli ichimlik ichgan haydovchini aniqlash maqsadida kelganligini aytishiga qaramasdan ushbu fuqaro YPX xodimlariga “spirtli ichimlik ichgan fuqarolarni aniqlash maqsadida kelgan bo‘lsanglar Alkotestrlaring qani”, deb so‘ragan.

Hozirgi vaqtda viloyat IIB YHXB YPXB 2-YPXO 3-safarbarlik guruhi katta inspektori lavozimida xizmat qilgan katta serjant katta inspektori G‘olib Egamnazarov xizmat faoliyati davomida shu kabi ko‘plab salbiy holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan bo‘lsa, YPX katta inspektori katta serjant O‘ktam Eshonqulov va YPX inspektori safdor Mahmud Jonuzoqov viloyat IIB boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan navbatdan tashqari attestatsiya xulosasiga ko‘ra YHXB bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa xizmatga o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Qashqadaryo

Baholaganlar

813

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing