Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududi karantinga olindi
Jamiyat
−
31 may 2020
18579Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududi karantinga yopildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
"Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgani munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida tuman hududi to‘liq karantinga yopildi", deyiladi xabarda.
Vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari to‘sildi. Avtotransport va piyoda harakatlanish qat’iy nazoratga olinishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, viloyat "yashil" hudud toifasiga kiritilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatining Shofirkon tumani ham karantinga yopilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi