Qashqadaryo viloyati hokimiga xorijda o‘qib kelgan o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
13 yanvar 2021
9894Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Bahrom Yusupov tayinlandi.
Bahrom Yusupov 1976 yil Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yaponiyadagi Siyosiy fanlar milliy instituti va AQSHdagi Oklaxoma universitetlarini tamomlagan.
U bugungacha “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Korporativ boshqaruv xizmati boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi. 2012-2016 yillar davomida Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ham ishlagan.