Qashqadaryo viloyati hokimiga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
13 aprel
11587Ziyoda Aslonovna Aminova Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ziyoda Aminova 1978 yil Kasbi tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
U tayinlovga qadar viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlangan edi.
LiveBarchasi