Qashqadaryo va Jizzaxda qor yog‘di (foto)
Jamiyat
−
19 Oktabr 2022
20204Bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekistonning Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida hamda “Qamchiq” dovonida qor yog‘moqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxning Zomin tumani tog‘lari hamda Qashqadaryoning baland Hisor tog‘ tizmasiga qor yog‘gani aks etgan videolar tarqaldi.
Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Yo‘ldoshboy, Temirqadam, O‘smat, Mo‘g‘ol, Novqa qishloqlarida qor yog‘moqda. Forish tumani ham qor boshlangani aytilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining esa Kitob tumanida, xususan, Denovbola qishlog‘ida, Shahrisabz tumanining G‘ilon qishlog‘ida qor yog‘moqda.
Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassis Erkin Abdulahatov respublika hududlariga kirib kelgan g‘arbiy havo oqimlarining ikkinchi bosqichi baland tog‘larga qor yog‘ishiga olib kelgani haqida yozdi.
“Bugun tog‘larda qor yog‘ish masshtabi kengayadi. Toshkent viloyati baland tog‘larida ham qor yog‘ishi mumkin. Yomg‘irning qorga aylanishi tog‘lardan pastroq tog‘oldi hududlarida ham kuzatilishi boshlangan”, deydi mutaxassis.