Qashqadaryo hokimining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2022
11235Qashqadaryo viloyatini hokimining ikki o‘rinbosari bugun, 17 oktyabr kuni egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimining matbuot kotibi ma’lum qildi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Rustam Yo‘ldoshev 2020 yildan beri Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Akbar Eshonqulov ham vazifasidan ozod etildi.
U 2020 yilda Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan faoliyat yuritib kelayotgandi.