Qashqadaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Jamiyat

image

Olim Rustamov Bakiyevich Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Olim Rustamov bunga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Olim Rustamov 1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1989 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. 2020 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari vazifasida ish boshlagan. 

Shuningdek, u Prezidentning 2021 yil 29 yanvardagi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Rustamov Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 dekabrdagi qarori bilan “Mehnat shuhrati” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Olim Rustamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing