Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari ishdan ketdi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2023 9587 1 daqiqa
Sarvar Hamidov va Olim Rustamov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Sarvar Hamidov va Olimxon Rustamov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Sarvar Hamidov shu yilning 20 fevral kuni ushbu lavozimga tayinlangandi. U bundan oldin Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi rahbari bo‘lib ishlagan.
Olim Rustamov esa Prezidentning 2021 yil 29 yanvardagi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Olim Rustamov 1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1989 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. 2020 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari vazifasida ish boshlagan.
Olim Rustamov Prezidentning 2017 yil 12 dekabrdagi qarori bilan “Mehnat shuhrati” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Live
Barchasi