Qashqadaryo hokimiga DBQdan yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘tkirjon G‘ayratovich Qodirov Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bungacha lavozimda Bahrom Yusupov ishlab kelayotgan edi. 

O‘tkirjon Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.

U hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ham bojxona tizimidan chiqqan. U hokim bo‘lgunga qadar DBQ raisi lavozimini egallab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher  Qodirov Qashqadaryo viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing