Qarshilik va izohlar: “Tolibon” Afg‘onistonda Islomiy amirlik tuzmoqchimi?

Olam

image

Rasmiy Tehron “Tolibon” harakatining Afg‘onistonda Islom amirligini tuzish bo‘yicha rejalari to‘g‘risida xabardor. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif hindistonlik hamkasbi Subramanyam Jayshankar va Afg‘oniston milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdullv Muhiba bilan o‘tkazilgan videokonferensiya uchrashuvida aytib o‘tdi.

“1990 yillardagi Afg‘onistonning holati qaytarilishi kerak emas. Biz bilamizki, “Tolibon”ning rejasi Islom amirligini tiklashdir. Biroq, ushbu reja amaliy emas, chunki bu g‘oya bo‘yicha kelishuv mavjud emas. Eron va mintaqa davlatlari Afg‘onistonning 90-yillarga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deydi Zarif.

Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vaziri AQSHning Afg‘onistondan chiqib ketishini “ijobiy qadam” deb atadi.

“Toliblar zo‘ravonlikni oshirish uchun ushbu imkoniyatdan foydalanmasligi kerak. Afg‘oniston hukumati bilan jiddiy muzokaralarni boshlash uchun toliblar vaqtni boy bermayapti”, deydi Zarif.

Ma’lumot uchun, 2003 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi “Tolibon” harakatini terrorchilik tashkiloti, deb tan olgan. Ushbu harakat Afg‘onistonning taxminan 50 foizdan oshig‘ini nazorat qiladi.

Joriy yilning 14 aprel kuni  “Tolibon” barcha xorijiy kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi.

Jo Bayden 11 sentyabrgacha Afg‘onistondagi barcha AQSH askarlarini mamlakatdan chiqarish niyatida ekanini aytgandi. Harbiylarni chiqarish ishlari may oyidan boshlanishi kerak.

OAVda AQSH ortidan uning ittifoqchisi Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ortga qaytarishini haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shuningdek, Gruziya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmoqchi ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda o‘ldirilgan tinch aholining 43,5 foizi “Tolibon” hissasiga to‘g‘ri kelayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

599

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing