Qarshiga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 mart kuni xalq deputatlari Qarshi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda Jasur Tursunov tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada deputatlar Jasur Tursunov Sanjarovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.

Jasur Tursunov – 1979 yil Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifasida ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘min Omonov Buxoro viloyatining Shofirkon tumani hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qarshi Jasur Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing