Qarshidagi basseynda 18 yoshli yigitni tok urdi. U shifoxonaga yetmay vafot etdi
3-sahifa
−
14 avgust
7236Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi suv havzasida 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Bildirilishicha, 2006 yilda tug‘ilgan marhum tanasi nam paytda telefon quvvatlagich ustiga oyog‘ini qo‘ygan. Shundan so‘ng uni qisman tok urgan deb taxmin qilinmoqda.
Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng marhumning yaqinlari tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan. Unga qadar esa bemor yigitga manzilda bo‘lib turgan shifokorlar yordam ko‘rsatgan.
“Shu kuni 18:30 larda tez yordamga chaqiruv bo‘lgan va tez yordam mashinasi 18:40 larda voqea joyiga yetib borgan. Shifokorimiz o‘sha yerda bemor yuragini yopiq massaj qilgan, sun’iy nafas bergan. Tibbiy yordamlarga qaramasdan bemordagi klinik o‘lim biologik o‘limga aylangan. Bemor Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga olib kelinganda, unda tiriklik alomatlari aniqlanmagan”, deydi Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Ikrom Hayitov.
Qayd etilishicha, “Quyibeshkent” mahallasida joylashgan ushbu suv havzasi faoliyatini boshlaganiga endigina ikki oy bo‘lgan.
Ayni paytda holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Qashqadaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Suzish havzasi faoliyati esa vaqtincha to‘xtatilgan.
LiveBarchasi