Qarshida sexdagi yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
02 Oktabr 2021 7480 1 daqiqa
Kecha, 1 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 09:10 atrofida shaharning “Kat” MFY Nasaf ko‘chasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, yong‘in chiqqan mebel ishlab chiqarish sexiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 09:26 da alanga o‘chirilgan.
Oqibatda sexning taxminan 200 kvadrat/metr maydoni ichidagi mahsulotlari yonib zararlangan va jarohatlangan 3 nafar fuqaro shifoxonada vafot etgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025