Qarshida mahkum manzil-koloniyadan qochib ketdi
3-sahifa
−
17 Oktabr 2022
17789Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshidagi manzil-koloniyadan mahkum qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
4-mintaqaviy hudud 35-son manzil-koloniyasida Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) bo‘yicha jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum P.Z. joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 18.00 larda koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.
Qidiruv jarayonida mahkum P.Z. ruxsatsiz chiqib ketgani va 20:35 da manzil muassasa hududidan tashqarida ekanligi aniqlanib, muassasaga olib kelingan.
Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan mahkum P.Z.ning ushbu tartibbuzarligiga huquqiy baho berilib, jazo muddatining qolgan qismini o‘tash uchun yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
LiveBarchasi