Qarshida erkak qaynsinglisini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshida ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi erkak o‘z qaynsinglini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi va fuqaro vafot etganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, fuqaro D.R. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi P.M. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qarshi

Baholaganlar

888

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing