Qarshida 7 yashar qizchaga o‘gay otasi jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda
3-sahifa
−
22 Oktabr
9377Ijtimoiy tarmoqda o‘ziga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilinganini aytayotgan voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 12 oktyabr kuni Qarshi shahrida yashovchi J.D. (ayol) Qashqadaryo viloyati IIBning 102-raqamli telefoniga murojaat qilib, 2021 yildan u bilan birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i B.Q. ayolning 2017 yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani to‘g‘risida xabar bergan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘limi darhol tergovga qadar tekshiruv boshlab, kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini olib borgan. Bolaga nisbatan esa tegishli sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
“Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda. Ish borishi yuzasidan qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 oktyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan 978-sonli qonun bilan O‘zbekistonda bolalarga nisbatan uning yaqin qarindoshlari tomonidan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangandi.
LiveBarchasi