Qarshi shahrining sobiq hokimi 70 yoshida vafot etdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining sobiq hokimi Yo‘ldosh Umarovich Karayev 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 18 iyul kuni viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Yo‘ldosh Karayev 1952 yil tug‘ilgan. 1998—2001 yillar Qarshi shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

“Qarshi shahrining sobiq hokimi Karayev Yo‘ldosh Umarovichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va qarindoshlariga Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov, tuman, shahar hokimliklari va viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik chuqur ta’ziya bildiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining birinchi hokimi (1992 yil 27 yanvardan  – 1995 yil 29 noyabrgacha viloyat hokimi lavozimida ishlagan) Temir Po‘latovich Xidirov joriy yilning 14 iyul kuni vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Qarshi

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing