Qarorni Kreml qabul qilgan – Navalniyning tarafdorlari uni Germaniya olib ketolmadi
Olam
−
21 avgust 2020
8518Avvalroq, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy zaharlangani va Omskdagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Navalniy hamon koma holatida qolmoqda. Shifoxona bosh shifokori uni Germaniyaga ko‘chirishga ruxsat bermadi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Matbuot kotibi Kira Yarmish.
Yarmish Navalniyni ko‘chirishni taqiqlash uning hayotiga xavfli ekanini ma’lum qildi.
“Omskdagi shifoxonada uskunalarsiz, aniq qo‘yilmagan tashxis bilan qolish juda xavfli”, degan Yarmish. U Navalniyni ko‘chirishga ruxsat bermayotgan shifokorlar siyosatchini o‘limga ro‘baro qilyapti deb, hisoblayapti. Uning fikricha, bu qarorni shifokor emas, Kreml qabul qilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurash fondi direktori Ivan Jdanov shifokorlar dastlab Navalniyni ko‘chirishga rozi bo‘lganini, keyin esa ularni almashtirib qo‘ygandek, fikri o‘zgarganini aytgan. Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyni ko‘chirish uchun hamma narsa tayyor bo‘lgan.
Muxolifat yetakchisining tarafdorlari u xavfli zahar bilan zaharlanganini, ammo shifokorlar u qanday modda ekanini aniqlashga to‘sqinlik qilayotganidan shikoyat qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan uchgan samolyotga chiqqan. Ko‘p o‘tmay u o‘zini yomon his qila boshlagan. Samolyot zudlik bilan Omskka qo‘ngan. Navalniyning tarafdorlari uni xorijga olib chiqish uchun Kremldan yordam so‘radi. Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. O‘sha kunning o‘zida Germaniya va Fransiya yetakchilari Aleksey Navalniyga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. 21 avgust kuni esa Germaniyadan samolyot keldi. U siyosatchini olib ketishi kerak edi.
Ahamiyatlisi, Aleksey Navalniyga hamon aniq tashxis qo‘yilmagan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanyapti.
LiveBarchasi