Putinning rossiyaliklar orasida reytingi tushib ketdi
Olam
−
01 iyun 2020 16026 1 daqiqa
Rossiyaliklarning mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga bo‘lgan ishonch reytingi 25 foizgacha tushib ketdi. Aprel oyida bu 28 foizni tashkil qilgandi. Bu haqda “Levada-sentr” tahliliy markazi xabar berdi.
Markaz so‘rovnoma o‘tkazgan. Uning respondentlariga “O‘zingiz eng ko‘p ishongan 5-6 nafar siyosatchini ayting” savoli qo‘yilgan.
Putin Rossiyada siyosatchilar reytingida hamon birinchi o‘rinda qolgan. Ammo uning natijasi bu safar bor-yo‘g‘i 25 foizni tashkil qilgan.
Rossiyaliklar Mudofaa vaziri Sergey Shoygu (14 foiz), Bosh vazir Mixail Mishustin (11 foiz), RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy (10 foiz), Aleksey Navalniyga (4 foiz) ishonmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 16 foizi hech kimga ishonmasligini ma’lum qilgan. 33 foizi esa ovoz berishda ikkilangan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr