Qariyb 5 mlrd so‘mlik gaz va “svet”ni o‘g‘irlagan “zapravka”lar aniqlandi
3-sahifa
−
17 Oktabr
5002Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 4,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.” MCHJ rahbari T.A. va boshqalar MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, jami 1,5 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.G.” MCHJ rahbari S.R. Pastdarg‘om tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zgartirib, tijorat maqsadida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda 2 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan fermer ushlangandi.
LiveBarchasi