Qariyb 20 ming kishini Umraga noqonuniy yuborganlar ushlandi
3-sahifa
−
07 yanvar 9218 1 daqiqa
O‘zbekistonda 19 ming 547 nafar fuqaroni Umraga noqonuniy yuborganlar ushlandi. Ular 2 yil davomida fuqarolardan 22 mln 846 ming 590 AQSH dollar miqdorida naqd pullar olgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari davomida 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan ayol “Jalolquduq Aviatrans” mas’uliyati cheklangan jamiyatda norasmiy tur agent vazifasini bajarib, jami 19 ming 547 nafar fuqaroni jalb qilib, noqonuniy Umra tadbirini tashkil etgani aniqlangan.
“Jalolquduq Aviatrans“ MCHJ tomonidan 2024-2025 yillar davomida fuqarolardan 22 mln 846 ming 590 AQSH dollar miqdoridagi naqd pullar olingan. Davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan jami zarar 1 mlrd 819 mln 974 ming 385 so‘m, soliq va boshqa yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik holati bo‘yicha jami 15 mlrd 363 mln 219 ming 26 so‘m hisoblangan. Tashkilot tomonidan Saudiya Arabistoniga yuborilib, og‘ir ahvolda hech qanday sharoitlarsiz qolib ketgan jami 534 nafar fuqaro maxsus reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelingan.
Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti tomonidan 14 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zatilib, 13 nafar shaxs qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgani va u orqali fuqarolar onlayn tarzda ziyoratga navbatga yozilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi