Qariyb 2 tonna! 2021 yilda O‘zbekistonda qancha narkotik musodara qilingani ochiqlandi
Jamiyat
−
27 iyun 2022
61342021 yilda O‘zbekistonda 1 t. 864,4 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi mas’uli bugun, 27 iyun kuni narkotik moddalarni yoqish marosimi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2021 yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq – 7142 (2020 yilda 6032) ta jinoyat fosh etilgan.
Ulardan 2165 (1814)tasi narkotik moddalarni o‘tkazish, 441 (304) tasi kontrabanda, 1571 (1521)tasi giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish, 53 (49) tasi bangixonalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, boshqa turdagi narkojinoyatlar 2912 (2344) tani tashkil etgan.
2021 yilda respublikada noqonuniy muomalada bo‘lgan jami 1 t. 864,4 kg (1 t. 542,6 kg) miqdordagi narkotik moddalar musodara qilingan. Ularning orasida turiga ko‘ra:
• geroin – 102,96 (28,3) kg;
• opiy – 342,7 (124,1) kg;
• gashish – 511,1 (223,9) kg;
• marixuana – 790,9 (692,8) kg;
• ko‘knor – 77,9 (323,9) kg, kokain – 15,2 (279,4) gr;
• gashish moyi– 0,002 (127,3) kg;
• sintetik narkotiklar - 8,97 (1,53) kg;
• boshqa narkotik vositalar (MDMA, amfetamin, mefedron, LSD (lezergin kislotasi) va boshqa turdagi narkotik vositalar) – 8,1 (0,4) kg;
• tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan dori vositalar - 21,7 (19,96) kg bo‘lgan.
Bundan tashqari, 3977 (3824) gr. va 4316 (7815) dona psixotrop tabletkalari, 71 kg 250 gr va 15 l (10 gr) prekursorlar, psixofaol moddalarni qonunga xilof ravishda muomala qilish 765 (433) holatlari aniqlanib, 472 (541) ming donadan ortiq giyohvandlik vositalari va psixofaol moddalar musodara qilingan.
LiveBarchasi