Qariya Putin ham bolalikdagi orzusi haqida so‘zlab berdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 14 dekabr, payshanba kuni bolaligida uchuvchi, keyinroq razvedkachi bo‘lishni orzu qilganini aytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 71 yoshida ham "taxt"ni bo‘shatishni istamayotgan Putin razvedkachi bo‘lishdan tashqari, uchuvchi bo‘lishni ham xohlagan.

“Men bu haqda gapirganman. Har bir inson hayotining turli bosqichlarida ularni o‘rab turgan qadriyatlarga har xil munosabatda bo‘ladi. Men uchuvchi bo‘lishni xohlardim. Lekin asosiy maqsadim o‘rta maktabda o‘qib yurganimdayoq paydo bo‘lgan. Men josus bo‘lishni istadim va tabiiyki bunga erishdim”, deydi Putin jurnalistlarning savoliga javob berib.

Ma’lumot uchun, 2000 yilda nashr etilgan “Birinchi shaxsdan” kitobiga bergan intervyusida Putin maktab o‘quvchisi sifatida Leningrad fuqaro aviatsiyasi akademiyasiga o‘qishga kirishni niyat qilgani, ammo keyinchalik aql-idrok haqidagi kitoblar va filmlarning ta’siri ostida razvedka sohasini tanlaganini aytgandi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, agentlar haqida bilimga ega bo‘lish uchun u Leningraddagi KGB boshqarmasiga boradi. U yerda unga birinchi navbatda armiyada xizmat qilish uchun yoki universitetni, yaxshisi, huquqshunoslik fakultetini tugatishi kerakligini aytishadi. Ushbu maslahatdan so‘ng Putin Leningrad Davlat Universitetining huquq fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qishning oxirgi yillarida esa yosh Putin SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasiga xizmatga taklif qilinadi.

U Leningraddagi KGB departamentida ishlagan va avvaliga kontrrazvedka, keyin esa xorijiy razvedka orqali 1980 yillarda Moskvaga SSSR KGBsining Andropov nomidagi Qizil bayroq ordeni institutiga (hozirda Andropov nomidagi Jukov Qizil Bayroq ordenli Tashqi razvedka akademiyasi) o‘qishga yuboriladi. Putinning o‘zi institutda o‘qiyotganda “Platov” taxallusiga ega bo‘lganini, maxfiylikni saqlash uchun o‘quv dargohi talabalari xayoliy nomlarga ega bo‘lishi va odatda taxallus o‘quvchining haqiqiy ismi bilan bir xil harf bilan boshlanishi kerakligi haqida aytgan.

1985-1990 yillarda Putin KGBning birinchi bosh boshqarmasi (tashqi razvedka) orqali Drezdenda mahalliy SSSR-GDR Do‘stlik uyi direktori lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ham bolalikda kim bo‘lishni maqsad qilgani haqida gapirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing