“Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimas”. Pedofil amaldorlarning manzilli koloniyaga yuborilgani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
16 fevral
13883Avvalroq, 2023 yil 3 noyabr kuni Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi sobiq rahbari Oybek Masharipov 3 yilga va Yangiariq tumani FVV sobiq boshlig‘i Anvar Quryazov 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Sud hukmi hujjati bilan tanishgan Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning ma’lum qilishicha, o‘sha kuni bo‘lib o‘tgan brifingda huquq tizimi vakillari muhim epizodni jamoatchilikdan sir tutgan. Ya’ni, pedofillar jazoni o‘tash uchun qamoqqa emas, manzilli koloniyaga yuborilgan.
Bundan tashqari, ularning dastlabki suddan beri uylarida o‘tkazgan vaqtlari jazo muddatidan chegirib tashlangani ma’lum bo‘ldi.
“Qozilarimiz shu qadar ayyor ekanki, jamoatchilikni “pedofillar uzil-kesil 3 yil qamoqda o‘tiradi” degan gapga ishontirgan ekan. Aslida esa ular bor-yo‘g‘i 2 yildan ko‘proq manzil koloniyada o‘tirishadi, u yerdagi barcha shart-sharoitlardan foydalanishadi. Biz bekorga shuncha baqir-chaqir qilibmiz. Pedofillar, pedofiliya jinoyatlari haqida gapirgan vaqtimizni ilm olishga sarflaganimizda, “Sulton suyagini xorlamas”, “Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimas” degan naqllarning mag‘zini chaqqan bo‘lardik”, deydi Abdurahmon Tashanov.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Xorazmdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari (3 nafar qiz) 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Oybek Masharipov va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Anvar Quryazov tomonidan zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘lgandi. Xiva tuman sudi ularga nisbatan 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinlagandi. Shuningdek, ularga sharoit yaratib bergan bolalar uyi rahbari 5 yarim yilga qamalgandi. Uch nafar sudlanuvchi hukm ustidan Xorazm viloyati sudiga shikoyat qilgan, lekin apellyatsiya instansiyasi hukmni o‘zgarishsiz qoldirgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi