Qanday hollarda koronavirusga chalingan bemor statsionarda davolanishi kerak?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni uyda davolashga ruxsat berilganidan beri, og‘ir ahvoldagi bemor uyda qolib, kasallik yengil shaklda o‘tayotgan bemor shifoxonada qolib ketishi hollari kuzatila boshladi.

Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda qaysi hollarda COVID-19 ga chalingan bemor albatta statsionar sharoitida davolanishi lozimligi haqida ma’umomt berdi. Unga ko‘ra:

•    hansirash (havo yetmayotganligini sezish) – nafas olish chastotasi bemorning tinch holatida daqiqasiga 22 va undan yuqori bo‘lishi;

•    tana harorati stabil ravishda 39 daraja va undan yuqori bo‘lib, isitmani tushiruvchi dori vositalari yordamida tushmasligi;

•    qonning kislorod bilan ta’minlanish foizi 90 foizdan past bo‘lishi (bu ko‘rsatkich pulsoksimetr yordamida aniqlanadi);

•    qon bosimining tushib ketishi yoki keskin ko‘tarilib ketishi (90 dan past yoki 220 dan yuqori); 

•    yurak urishining tezlashishi – puls daqiqasiga 130 va undan yuqori bo‘lishi;

•    bemorda ong ko‘rsatkichlarining pasayishi;

•    qo‘shimcha xavf omillari: yoshi 60 va undan yuqori, yondosh kasalliklar – diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari, o‘pka va buyrakning surunkali kasalliklari, onkologik kasalliklar va immunitetning pasayishi;

•    og‘ir simptomlarning mavjudligi, ya’ni  chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar, jumladan bosh og‘riqlari, to‘xtamasdan qayt qilish va intensiv diareya kuzatilganda bemor zudlik bilan shifokorga murojaat kilib statsionarga yuborilishi lozim!

Ma’lumot uchun, 25 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 755 nafarni tashkil qilyapti. Ayni paytda mamlakatda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan. 9 174 nafar bemor shifoxonalarda davolanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing