Qanday hollarda soliqlarni to‘lashni kechiktirishga imkon beriladi?

Jamiyat

photo_2019-11-20_08-43-20
Soliqlarni bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy etiladi north_east

Soliqlarni bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy etiladi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan coliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjat bilan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagi asoslardan loaqal bittasi bo‘lganda berilishi mumkin:

•  manfaatdor shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganda;

•  manfaatdor shaxsni byudjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganda;

•  manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganda;

•  jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etganda;

•  manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq mavsumiy xususiyatga ega bo‘lganda;

•  manfaatdor shaxsga soliqlarni to‘lash muddatini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati, belgilangan to‘lash muddatiga qadar to‘liq to‘lash uchun asoslari va mazkur Nizomda belgilangan ta’minlash usullari mavjud bo‘lgan hollarda beriladi;

•  Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan asoslar bo‘yicha berilganda foizlar hisoblanmaydi, to‘rtinchi – yettinchi xatboshilarda keltirilgan asoslar bo‘yicha berilganda foizlar hisoblanadi.

To‘lash muddati kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan soliq summasiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda foizlar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq qaror loyihasi

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing