Qanaqa quyonlar? – Jirinovskiy Zelenskiyga vaksina masalasida javob qaytardi

Olam

image

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilmaganini “ukrainaliklar tajriba uchun quyon emas” deya izohlagani haqida xabar bergan edik.

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiyning bunday bayonotidan hayratda ekanligini aytib, uni fuqarolarga g‘amxo‘rlik qilmaydigan Prezident deb atagan.

“Qanday qilib bunday deyish mumkin? Butun dunyo bizning vaksinamizni istamoqda... Har qanday dori ham tajriba-ku. Hech qaysi dori 100 foiz yordam bermaydi. Dori bormi yoki yo‘q, odamlar baribir o‘ladi. Kimni aybdor qilish kerak, qanaqa quyonlar?”, deydi Liberal-demokratik partiya rahbari.

Jirinovskiy, shuningdek, hech kim Zelenskiyga vaksina berish niyatida emasligini qo‘shimcha qilgan.

“Zelenskiy, hech kim senga hatto bo‘sh ampulalarni ham bermaydi. Sen tajribani xohlamaysan. Dafn etishni-chi, istaysanmi? Bu o‘zi qanday Prezident bo‘ldi?”, deydi rossiyalik siyosatchi.

Ma’lumot o‘rnida, “Sputnik V” – COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashovchi birinchi vaksina. Ushbu vaksina 2020 yilning 11 avgustida Rossiyada ro‘yxatga olingan. Preparat Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazida tayyorlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zelenskiy Jirinovskiy vaktsina “Sputnik V“

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing