Qamoqdagi eri oyoqqa turolmay qolgan Yuliya Navalnaya Rossiyani tark etdi
Olam
−
25 mart 2021
11908Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya yana Rossiyani tark etdi va Germaniyaga ketdi.
Qayd etilishicha, bortida Navalnaya bo‘lgan samolyot kecha, 24 mart kuni Moskva aeroportidan havoga ko‘tarilgan.
Yuliya Navalnaya shu yilning fevral oyida Germaniyaga jo‘nab ketgandi va fevralning o‘zida Moskvaga qaytib kelgandi.
Uning safari sabablari oshkor qilinmagandi.
Faqatgina uning Germaniyada shaxsiy tashrif bilan bo‘lib qaytgani haqida xabar berilgan edi.
Avvalroq, Rossiyaning Vladimir viloyatidagi koloniyada bo‘lib turgan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning sog‘lig‘i juda yomonlashgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, 2 fevral kuni Moskvaning Simonovskiy sudi Federal jazoni ijro etish xizmati Moskva departamentining iltimosiga binoan Navalniyning "Iv Roshe" ishi bo‘yicha shartli jazosini umumiy rejimdagi koloniyada 3,5 yillik qamoq jazosiga almashtirdi. 20 fevral kuni Moskva shahar sudi ushbu qarorni tasdiqladi. Mart o‘rtalarida Navalniy tergov izolyatoridan Vladimir viloyatidagi Pokrov shahrida joylashgan axloq tuzatish koloniyasiga "Iv Roshe" ishi bo‘yicha jazoni o‘tash uchun olib ketilgani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi